Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi jamoasi axborot bilan ishlash, media monitoring, tahrir va rasmiy statistik ma’lumotlarni jamoatchilikka tushunarli shaklda yetkazishga qiziqadigan mas’uliyatli va kreativ mutaxassisni Axborotlar muharriri va media monitoring bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimiga taklif etadi.
Agar siz axborot makonini kuzatish, sifatli kontent tayyorlash, rasmiy statistik ko‘rsatkichlarni qiziqarli va tushunarli shaklda yoritish hamda tashkilotning axborot maydonidagi faoliyatini rivojlantirishni istasangiz — ushbu vakansiya aynan siz uchun!
Lavozim majburiyatlari:
- Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasi faoliyatiga oid yangilik va axborot materiallarini o‘zbek tilida tayyorlash, tahrir qilish, ularning mazmuni va sifatini nazorat qilish;
- rasmiy statistika ko‘rsatkichlari asosida OAV va Telegram kanallarida e’lon qilingan materiallarni muntazam media monitoring qilish;
- rasmiy statistik ko‘rsatkichlar eng ko‘p yoritilayotgan ommaviy axborot vositalari va Telegram kanallarini aniqlash hamda ular bo‘yicha ma’lumot yuritish;
- oylik, choraklik va yillik statistik ko‘rsatkichlar asosida qisqa va qiziqarli mavzular tayyorlab, boshqarmaning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida muntazam yoritib borish;
- boshqarmaning xalqaro hamkorligi, axborot almashinuvi, xorijiy delegatsiyalar tashriflari hamda mutaxassislarning xalqaro forum, konferensiya va seminarlardagi ishtirokini yoritish;
- statistik ko‘rsatkichlar asosida shakllantiriladigan xalqaro reyting va indekslar natijalarini rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va OAV orqali yoritishga ko‘maklashish;
- rahbariyat va xodimlar tomonidan tayyorlangan statistika sohasiga oid tahliliy materiallarni OAVda e’lon qilish uchun tayyorlash;
- boshqarma axborot xizmatiga biriktirilgan xodimlar tomonidan tayyorlanadigan ijtimoiy roliklar, yangiliklar va boshqa axborot materiallari hisobini yuritish hamda ularning rasmiy platformalarda joylashtirilishini nazorat qilish;
- xorijiy statistika organlarining axborot xizmatlari, rasmiy veb-saytlari va internetdagi faoliyatini o‘rganish, ilg‘or tajribalarni amaliyotga joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
- yuqori turuvchi tashkilotlar va rahbariyatdan kelib tushgan axborot yo‘nalishidagi topshiriqlar bo‘yicha ma’lumot va javob xatlarini tayyorlash;
- boshqarma huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishlari bayonnomalarini tayyorlash va rasmiy veb-saytda e’lon qilish.
Malakaviy talablar:
- jurnalistika, filologiya, PR, kommunikatsiyalar, iqtisodiyot, statistika yoki tegishli yo‘nalishlardan biri bo‘yicha oliy ma’lumot;
- o‘zbek tilida savodli, ravon va rasmiy uslubda matn yozish hamda tahrir qilish ko‘nikmasi;
- yangilik, press-reliz, tahliliy va axborot materiallarini tayyorlay olish;
- OAV, ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallarida media monitoring olib borish ko‘nikmasi;
- statistik va tahliliy ma’lumotlarni keng auditoriya uchun sodda va tushunarli kontentga aylantira olish;
- MS Office dasturlaridan ishonchli foydalana olish;
- ijtimoiy tarmoqlar va veb-saytlar uchun kontent tayyorlash tamoyillarini tushunish;
- yuqori savodxonlik, tahliliy fikrlash, mas’uliyatlilik va belgilangan muddatlarda ishlash qobiliyati.
Qo‘shimcha ustunliklar:
- davlat tashkiloti, axborot xizmati, OAV, PR yoki kommunikatsiyalar yo‘nalishida ish tajribasi;
- statistik yoki iqtisodiy mavzularda kontent tayyorlash tajribasi;
- ijtimoiy tarmoqlar uchun qisqa va qiziqarli axborot materiallarini ishlab chiqish ko‘nikmasi;
- xorijiy tashkilotlarning axborot-kommunikatsiya tajribalarini o‘rganish va tahlil qilish ko‘nikmasi;
- rus va ingliz tillarini bilish.
Afzalliklar:
-
Mehnat qonunchiligiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish;
-
Davlat statistika tizimining axborot va kommunikatsiya yo‘nalishida professional tajriba orttirish;
-
Rasmiy statistika ma’lumotlarini jamoatchilikka yetkazish va tashkilotning media faoliyatida bevosita ishtirok etish;
-
Rasmiy veb-sayt, ijtimoiy tarmoqlar va OAV uchun turli formatdagi kontentlar bilan ishlash;
-
Barqaror va o‘z vaqtida to‘lanadigan munosib ish haqi;
-
Ish jadvali: 5/2, to‘liq ish kuni;
-
Professional jamoada ishlash va kasbiy rivojlanish imkoniyati.